O‘zbekistonning madaniy va tarixiy merosini ommalashtirishga qaratilgan qo‘shma reklama kampaniyalari tashkil etiladi

195

Xabar berilganidek, O‘zbekiston delegatsiyasi 22 yanvar kuni Madridda o‘z ishini boshlagan “FITUR” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

Dunyoning turli mamlakatlaridan soha mutaxassislari, sayohat ishqibozlarini birlashtirgan mazkur tadbirda xalqaro hamkorlik va boshlanajak loyihalar muhokama qilinmoqda.

Jumladan, Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev Ispaniyaning yetakchi futbol klublaridan biri — “Atletiko” rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida jamoaning jahon miqyosidagi obro‘si va keng qamrovini hisobga olgan holda, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini xalqaro darajada targ‘ib qilish borasidagi hamkorlik istiqboli ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ispaniyalik hamkorlar bilan yurtimizni jozibador sayyohlik yo‘nalishi sifatida targ‘ib etish, boy madaniy va tarixiy merosimizni ommalashtirishga qaratilgan qo‘shma reklama kampaniyalari tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

O‘zA