Bojxona boshqarmasida bayram tadbiri

189

Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan videokonferens aloqa orqali bo‘lib o‘tgan tadbirda Bojxona qo‘mitasi raisi A.Mavlonov mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan xodimlarni samimiy muborakbod etib, katta natijalarga erishayotgan bir guruh xodimlarni taqdirladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasidagi tadbirga bojxona faxriylari, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ham taklif etildi. Bojxona qo‘mitasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tegishli buyruqlari bilan faxriylar, yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarayotgan xodimlar, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar esdalik qo‘l soatlari, III darajali “Davlat bojxona xizmati a’lochisi” ko‘krak nishoni, faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan tashkil etilgan sport musobaqalari sovrindorlariga ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i kubogi, diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri