Atletlarimiz nufuzli musobaqada sovrindor bo‘ldi
163

Qozog‘istonning Ostona shahrida yengil atletika bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Butunjahon yengil atletika federatsiyasining taqvimidan o‘rin olgan turnirda 40 mamlakatdan 110 nafar sportchi qatnashdi.
Yopiq inshootda o‘tkazilgan nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egalladi. Jumladan, uch hatlab sakrash dasturida Sharifa Davronova 13,90 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, balandlikka sakrashda iste’dodli atletimiz Amir Nagayev 2,10 metr balandlikni zabt etgan holda bronza medali sohibiga aylandi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA