Terma jamoamiz Timur Kapadze qo‘l ostida ilk o‘yinini o‘tkazadi
142

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yil Osiyo qit’asida futbol bo‘yicha Jahon chempionati 3-saralash bosqichining qolgan uchrashuvlarida munosib ishtirok etish uchun navbatdagi yig‘inni Qatarda o‘tkazayotganidan xabaringiz bor.
Terma jamoamizga yangi tayinlangan bosh murabbiy – Timur Kapadze boshchiligida o‘tayotgan yig‘in Doha shahrida 31 yanvar kuniga qadar davom etadi. Ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida O‘zbekiston terma jamoasi bugun, 27 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da “Abdulloh bin Xalifa” stadionida Iordaniya terma jamoasiga qarshi nazorat o‘yinini o‘tkazadi.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo qit’asida futbol bo‘yicha Jahon chempionati 3-saralash bosqichining “A” guruhida 13 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA