Ivan Yarigin turnirida kurashchi qizlarimiz 2 ta medalli bo‘ldi
136

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida erkin kurash bo‘yicha Ivan Yarigin xotirasiga bag‘ishlangan XXXVI xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta medalga sazovor bo‘ldi.
24 ta mamlakatning 475 nafar sport kurashi vakillari qatnashgan nufuzli musobaqada -57 kg. vazn toifasida finalgacha yetib borgan mahoratli sportchimiz, Osiyo o‘yinlari va qit’a chempionati sovrindori Laylo Sobirova kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, -50 kg. vazn toifasida kurash olib borgan “Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Aktenge Keunimjayeva bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA