Eldor Shomurodov “Venetsiya” jamoasiga o‘tish ostonasida

143

“La Gazzetta dello Sport” nashri xabariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov “Venetsiya” jamoasiga o‘tish ostonasida turibdi.

Eusebio Di Francesco qo‘l ostidagi jamoa “Empoli” bilan raqobatda ustun keldi va 29 yoshli Eldor Shomurodovni sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov ushbu mavsum “Roma“ tarkibida 15 o‘yinda qatnashib, 2 ta golga mualliflik qilgan bo‘lsa, 1 ta golli uzatma amalga oshira bildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zА