Trampning Davosdagi bayonotidan keyin neft narxi tusha boshladi

201

AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha kechqurun bergan bayonotdan so‘ng jahon bozorida neft narxi 1 foiz tushdi.

Brent rusumli “qora oltin”ning mart fyuchers narxi bir barrel uchun 0,91 foiz pasaydi, WTI markasi esa 1,17 foiz arzonladi. Trampning chiqishidan oldin bu ikki turdagi mahsulot narxi o‘zgarib turgandi.

AQSH yetakchisi Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi ishtirokchilari oldida nutq so‘zlab, OPEKdan neft narxini pasaytirishni so‘ragan. Bu qaror Rossiya – Ukraina mojarosi barham topishini tezlashtirishi mumkin ekan.

Tramp lavozimga kirishgach, Qo‘shma Shtatlarda neft va gaz qazib olishni ko‘paytirish uchun energetika bo‘yicha favqulodda holat e’lon qilish haqidagi farmonni imzoladi. Uning fikricha, ayni hujjat energiyani arzonlashtirish uchun asos bo‘ladi.