Misr Arab Respublikasining “Yettinchi kun” nashri O‘zbekiston va Misr tashqi ishlar vazirlari tomonidan telefon orqali muloqotda 2025 yil uchun ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish rejalari muhokama qilinganini yoritdi.

Maqolada mamlakatimiz tashqi siyosat idorasi rahbari Baxtiyor Saidov va uning hamkasbi Badr Abdula’tiy o‘zaro hamkorlikning ulkan salohiyatini yuzaga chiqarishga alohida e’tibor qaratishgani qayd etilgan. Har ikki davlatning mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashdagi salmoqli sa’y-harakatlari e’tirof etilgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA