Poytaxtimizda “UzBuild – 2025” ko‘rgazmasi va ICCI konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

228

Toshkent shahar hokimligida hokim o‘rinbosari Durdona Rahimova hamda Iteca Exhibitions kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmasi “UzBuild – 2025” va O‘zbekiston qurilish sanoati VI xalqaro konferensiyasiga (ICCI) tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Ko‘rgazma va konferensiyani sifatli, qulay va yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha tashkiliy ishlar ko‘rib chiqildi.

Mazkur yirik tadbirlar 2025 yilning fevral oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ko‘rgazma hamda konferensiyaga 30 ga yaqin davlatdan 200 dan ortiq kompaniyalar taklif qilingan.

“UzBuild– 2025” va ICCI konferensiyasi mamlakat qurilish sohasi uchun muhim tajriba va imkoniyatlar maydoniga aylanishi kutilmoqda.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA