Nukuslik yosh tadbirkor

233

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi faol a’zosi, Nukus shahridagi “Qorazbek Ata Stroy” MCHJ rahbari Azimboy Sidiqov biznes vakillari uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yosh tadbirkorlardan.

– Faoliyatimizni 2011 yilda boshlaganmiz, – deydi Azimboy Sidiqov. –  Turkiya texnologiyasi asosida 40 dan ziyod turda akril tipidagi zamonaviy vannalar ishlab chiqarayapmiz.  Hozirda korxonamizda 12 nafar kishi doimiy ish bilan band. Kelajakda korxonamiz faoliyatini kengaytirib, “AsiaLuxBaths” brendi ostida ishlab chiqarilgan mahsulotlarimizni qo‘shni respublikalarga eksport qilishni rejalashtirganmiz.

Ahamiyatlisi, Savdo-sanoat palatasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlashi asosida tadbirkor 2024 yilning dekabr oyida Qozog‘iston Respublikasining Aqtau shahrida tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” savdo yarmarkasida o‘z mahsulotlari bilan faol qatnashdi. Natijada, qozog‘istonlik yirik tadbirkorlar ishbilarmonning mahsulotlariga katta qiziqish bildirdi. Hozirda bu borada hamkorlik shartnomalari tuzilmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA