“Apple” yana bir bor dunyoning eng qimmat brendlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi

Amerikaning “Apple” korporatsiyasi ketma-ket ikkinchi yil dunyodagi eng qimmat brendga aylandi. Bu haqda “Brand Finance Global” ma’lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, “Apple” brendi qiymati yil davomida 11 foizga oshib, 574,5 milliard dollarni tashkil etgan.
Reytingda ikkinchi o‘rinni “Microsoft”, uchinchi “Google”, to‘rtinchi o‘rinni esa “Amazon” egalladi. Shuningdek, eng qimmat brendlar o‘nligiga “Samsung”, “Tik Tok”, “Facebook”, “Nvidia” va Xitoyning “State Grid Corporation of China” kabi kompaniyalar kiritildi. “Deutsche Telekom” umumiy reytingda 11-o‘rinni egallab, Yevropaning eng qimmat brendi sifatida tan olindi.
“Brand Finance Global” ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng qimmat 500 ta brendning umumiy qiymati o‘tgan yil davomida 10 foizga o‘sib, qariyb 9,5 trillion dollarni tashkil etgan.
G.Sattorova, O‘zA