Mukammal qonun — mustahkam asos (+video)

165

Qonun loyihasiga sharh

Qonunlarning mukammal va hayotiy bo‘lishi aholi farovonligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga asos bo‘ladi. Bunda fuqarolarning jamoatchilik muhokamalari jarayonidagi ishtiroki va bildirgan fikrlari, takliflarining ham inobatga olinishi muhim ahamiyatga ega.

Qonun loyihalarini Qonunchilik palatasining muhokamasiga kiritish va ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega sub’ektlar uchun bir qator talablar belgilanmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dildora Kamolova ushbu hujjatda aks etayotgan normalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Muhtarama Komilova, Doniyor Yoqubov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA