Boks chempionatining 1-kunidan fotoreportaj

233

Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boshlandi.

Bugun boks zalida bir vaqtning o‘zida 2 ta ringda janglar davom ettirildi. Bellashuvlar 54 kg., 57 kg., 60 kg., 67 kg., 80 kg., va 92 kg. vazn toifalarida bo‘lib o‘tdi. Muhammadg‘iyos Sobitxonov (Namangan), Mirzabek Murtazoyev (Qashqadaryo), Mironshoh Norqosimov (Jizzax), Yoqubjon Tursunboyev (Namangan), Javohir Ochilov (Surxondaryo), Abduvali Bo‘riboyev (Andijon), Asrorbek Ro‘zimatov (ROPST), Farhodbek Arabjonov (Andijon), Ma’murjon Hamidullayev (ROPST), Suxrob Aminov (Qoraqalpog‘iston) kabi bokschilar o‘z vazn toifalarida g‘alaba qozondi.

Chempionatning g‘olib va sovrindorlari 28 yanvar kuni ma’lum bo‘ladi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA