Bir yilda yurtimizda qancha avtomobil ishlab chiqarilmoqda?

139

Bugun yurtimizning qay go‘shasiga bormang, yo‘llarni kengaytirish, sozlash va ravon holatga keltirish ishlariga ko‘zingiz tushadi. Bu – mamlakatimiz ko‘chalarida mashinalar harakati ortganidan dalolat. Aslini olib qaraganda, mashinalar soni qay darajada ortsa-da, turli xorijiy rusumdagi avtomobillar kirib kelishi va ishlab chiqarilayotgani ham ko‘zni quvontiradi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: yurtimizda bir yilda qancha mashina ishlab chiqarilmoqda va eng ko‘p qaysi rusumdagi avtomobillar?

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 424 808 dona har xil turdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Ular rusumlar bo‘yicha taqsimlanganda, 164 887 dona Cobalt, 101 912 dona Damas, 12 837 dona Lacetti-Gentra va 45 918 dona Tracker ishlab chiqarilgan.

Shu bilan birga 41 661 ta Onix, 19 328 ta KIA, 6 301 ta Chery va ko‘plarning orzusiga aylangan BYD 4 004 dona ishlab chiqarilgani qayd etiladi.

Ma’lumotga ko‘ra, keltirilgan ro‘yxatda Haval 2 473 dona, Lada 6 dona, maxsus yengil avtomobillar esa – 25 481 dona ko‘rsatilgan.

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA