O‘quvchilar uchun qishki attestatsiya boshlandi (+video)
141

Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘quvchilar uchun an’anaviy qishki attestatsiya boshlandi.
Unda markazdagi barcha sportchilarning yarim yillik muddatga erishgan natijalari, dars va mashg‘ulotlarda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, munosiblar saralanmoqda.
Jarayonlarni ota-onalar ham bevosita kuzatish imkoniyatiga ega. Bu holat jarayonlarning shaffofligini ta’minlaydi. Murabbiylar oldiga o‘qishdan chetlatilganlar o‘rniga, salohiyatli nomzodlarni jalb qilish, bir so‘z bilan aytganda seleksiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish masalasi qo‘yilmoqda.
Shuningdek bir qator sportchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnoma topshirildi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA