Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi 

153

Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi tashkil etildi.

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. Unda jami 6,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 5 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Qayd etilishicha, test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 20 yanvardan 31 yanvarga qadar bo‘lib o‘tadi. Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Muhayyo Toshqorayeva, 
O‘zA