Mamlakat chempionligi uchun bahslar boshlandi

143

Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati boshlandi.

“Battles of the champions” nomli ushbu musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan charm qo‘lqop ustalari chempionlik uchun ringga ko‘tariladi.

Chempionatda ayollar 48 kg, 50 kg, 52 kg, 54 kg, 57 kg, 60 kg, 63 kg, 66 kg, 70 kg, 75 kg, 81 kg va +81 kg. vazn toifasida bahs olib boradi. Erkaklar esa 48 kg, 51 kg, 54 kg, 57 kg, 60 kg, 63,5 kg, 67 kg, 71 kg, 75 kg, 80 kg, 86 kg, 92 kg hamda +92 kg. vaznda bellashadi.

Eslatib o‘tamiz, 21-26 yanvar kuni O‘zbekiston chempionati ROPSTTMda tashkil etilsa, 27-28 yanvar sanasidagi yakuniy janglar “Renessans xoll” saroyida davom ettiriladi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA