Shaxmat: Javohir Sindorov Vishvanatan Anand o‘rnida
141

Joriy yilning 7-14 fevral kunlari Germaniyaning Vaysenxaus shahrida tashkil etiladigan “Freestyle Chess Grand Slam Weissenhaus” turnirida ishtirok etadigan shaxmatchilar ro‘yxati tasdiqlandi.
Turnirda Magnus Karlsen, Gukesh, Fabiano Karuana, Xikaru Nakamura, Nodirbek Abdusattorov, Alireza Firuzja, Levon Aronyan, Vinsent Keymer va Vishvanatan Anand qatnashishi belgilangandi. Ammo “Freestyle Chess Grand Slam Weissenhaus” turniri tashkiliy qo‘mitasi kecha turnirda Vishvanatan Anand o‘rniga hamyurtimiz Javohir Sindorov dona surishini tasdiqlanganini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Freestyle Chess Grand Slam Tour-2025” turnirining umumiy mukofot jamg‘armasi 750 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA