“Tashkent Select” safarda o‘ynaydi
120

Xokkey bo‘yicha Qozog‘iston yoshlar chempionatida poytaxtimizning “Tashkent Select” jamoasi munosib ishtirok etayotganidan xabaringiz bor.
“Tashkent Select” klubi hozirda 18 ochko jamg‘argan holda chempionatning 11-pog‘onasida bormoqda. Poytaxtimiz klubi musobaqaning navbatdagi tur uchrashuvlarini 24-25 yanvar kunlari safarda “Arlan” jamoasiga qarshi safarda o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA