Paxta yetishtirish va qayta ishlashda qo‘shimcha bozor mexanizmlari joriy qilinadi
262
Imtiyozli kredit olmay, o‘zi paxta yetishtirgan fermerlarga birjada sotgan paxtasini 10 foizi miqdorida subsidiya beriladi.
Imtiyozli kreditni yil yakunigacha to‘liq qaytargan fermerlarga kreditning 4 foizi qaytarib beriladi. Ularga kredit foizi amalda 10 foizdan 6 foizga tushadi.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
O‘zA