Prezident investitsiya loyihalarida mahalliy komponentlarni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.
Buning hisobiga juda ko‘p yangi ish o‘rinlari yaratilishi, valyuta tejalishi va yondosh sohalar rivojlanishi ko‘rsatib o‘tildi.
Viloyat hokimlariga har oy tadbirkorlar bilan yarmarka o‘tkazib, o‘zida yangi-yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Hozir amalga oshirilayotgan 75 milliard dollarlik yirik investitsiya loyihalarining 28 milliard dollarini mahalliy mahsulotlar orqali qoplash mumkinligi hisob-kitob qilingan.
Mutasaddilarga tarmoqlar va viloyat hokimlari bilan birgalikda tuman va korxonalar kesimida 2025 yilda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha dastur tayyorlash topshirildi.
O‘zA