“Kazinform” agentligi xabar berishicha, Braziliya harbiy-havo kuchlari Aviatsiya halokatini tekshirish markazi (Cenipa) mutaxassislari 25 dekabr kuni Oqtou shahri yaqinida halokatga uchragan “Azerbaijan Airlines”ga qarashli “Embraer190” samolyoti qora qutilarini tahlil qila boshladi.

38 kishining hayotiga zomin bo‘lgan fojia bilan bog‘liq tafsilotlar uch davlat mutaxassislari ishtirokida registratordan olingan ma’lumotlarni shifrlash orqali aniqlanmoqda. Shunday qilib, guruh tarkibiga Qozog‘iston, Ozarbayjon va Rossiyadan uchtadan tergovchi qo‘shildi.

Braziliya tomoni uchuvchilarning ovozi, uchoqning butun safar davomidagi holati haqida tasavvur beradigan qora qutilar ma’lumotini tahlil qilish “imkon qadar tezroq” amalga oshiriladi.

Yakuniy hisobotda e’lon qilingan xulosalar Qozog‘iston rasmiylariga yetkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Bokudan Grozniyga uchayotgan, Oqtou yaqinida halokatga uchragan samolyot sahnida 67 kishi, jumladan besh nafar ekipaj a’zosi bor edi.

“Azerbaijan Airlines” har bir halok bo‘lgan yo‘lovchining oilasiga 11 million tengedan ko‘proq pul to‘laydi.

Avvalroq Rossiya tomoni tashabbusi bilan Vladimir Putin Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qilgan edi.

Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari Kanat Bozumbayev uchoq Qozog‘istondan tashqarida shikastlanganini ta’kidlarkan, tergov jarayonida mamlakat bosimga uchramayotganini qo‘shimcha qildi.

Prezident Qosim-Jomart Toqayev voqea munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazib, qutqaruv ishlari yuqori saviyada olib borilganini aytdi.

G.Sattorova, O‘zA