Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi, deb yozdi “Yonhap” axborot agentligi.

Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, sinov bugun mahalliy vaqt bilan soat 12:00 atrofida Pxenyanda amalga oshirilgan. Koreya Respublikasi harbiylari qurilma o‘rta masofaga mo‘ljallangan, deb hisoblayapti.

Raketa taxminan 1100 kilometr masofani bosib o‘tib, suvga qulagan. Voqea munosabati bilan Seul tomoni qo‘shinlarning jangovar tayyorgarlik darajasini oshirgan.

Qayd etish joiz, 2024 yil KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘rtacha uzoq masofaga uchuvchi yangi giper tovushli raketa uchun quyuq yonilg‘ida ishlaydigan reaktiv dvigatel sinovini o‘tkazgan edi.