Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Jismoniy tarbiya — inklyuziv ta’limga qadam” mavzusida Xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi.

Ushbu anjuman Prezidentimizning 2024 yil 8 noyabrdagi «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda bu borada katta tajribaga ega bo‘lgan Angliya, Xitoy, Hindiston, Ukraina, Misr va Polsha davlatlarining yetakchi mutaxassislari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Anjumanda inklyuziv ta’lim va adaptiv jismoniy tarbiya bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini takomillashtirish, yuqori natijalarga erishish, yangi innovatsion jihozlardan samarali foydalanish, trener va mutaxassislarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish istiqbollari hamda mazkur masalalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularning samarali yechimlari haqida muhokamalar o‘tkazildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA