Poytaxtimizda O‘zbekiston sport vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligining kengaytirilgan qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov, sport vaziri Adham Ikromov hamda soha bo‘yicha tegishli rahbarlar ishtirok etdi.
Mutasaddi rahbarlar majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ushbu yo‘nalishda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA