Harbiy xizmatchilarning huquqlarini himoya qilishga e’tibor qaratildi

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasida Bosh prokuror o‘rinbosari – Harbiy prokuror Botir Qudratxo‘jayev raisligida navbatdagi hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tgan muloqotda mahkama va barcha hududiy harbiy prokuraturalar xodimlari ishtirok etdi.

Jarayonda harbiy prokuratura organlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida yangi tahrirdagi Konstitutsiya, qonunlar va qonunosti hujjatlari asosida amalga oshirilgan ishlar natijalari ko‘rib chiqildi.

Qurolli Kuchlarda qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash, harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, energetika xavfsizligi borasidagi va faoliyatga doir boshqa masalalar sarhisob qilindi.

Yig‘ilish yakunida tegishli qaror qabul qilinib, kelgusidagi aniq vazifalar belgilab olindi.
N.Abduraimova,
O‘zA