Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi va tadbirkorlar bilan muloqot davom etmoqda.

Murakkab geosiyosiy sharoitga qaramay, iqtisodiyotimiz 6,3 foizga oshib, 111 milliard dollardan ko‘paygani ta’kidlandi.

Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasiga 38 milliard dollar investitsiya kirdi, eksport 26 milliard dollardan oshdi.

Ochiq muloqotda ko‘p tadbirkorlar o‘ziga ijtimoiy mas’uliyat olib, ehtiyojmand odamlarni ishli qilishga tayyor ekanligini bildirgan edi.

O‘tgan qisqa vaqt ichida tadbirkorlar 387 ming kambag‘al oila a’zolari va 40 ming nogironligi bor odamlarni daromadli qildi.

Mamlakatimizda kambag‘allik darajasi yil yakuni bilan 9 foizdan pasayadi.

–Aminmanki, o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorligimizni shu sur’atda davom ettirsak, kelgusi yillarda bu ko‘rsatkichni bemalol 6 foizga tushiramiz. Shu o‘rinda, va’dasini ustidan chiqib, yangi quvvatlar hisobiga minglab ish o‘rni yaratayotgan, zamonaviy texnologiya olib kirib, yangi tashqi bozorlarni zabt etayotgan, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishiga munosib hissa qo‘shayotgan barcha tadbirkorlarimizga chin dildan minnatdorlik bildiraman, – dedi Prezident.

O‘zA