Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi va tadbirkorlar bilan muloqot davom etmoqda.

Qayd etilganidek, tadbirkorlar bu yilda 11,5 trillion so‘mlik 3 mingta davlat mulki va 4 ming gektar yerni sotib olib, biznesini boshladi.

Kelayotgan yilda yana 4,5 mingta bino va 6 ming gektar yer tadbirkorlarga taklif qilinadi.

Uzoq yillardan beri davlat monopoliyasida bo‘lgan yo‘llarni ta’mirlash va saqlashga xususiy sektorni jalb qilish ishlari kengaytiriladi. Bu yil 260 kilometr yo‘llarni saqlash ishlari tadbirkorlarga berildi. Kelasi yili bu 3 ming kilometrga yetkaziladi.

“Tashabbusli byudjet” doirasida yo‘llarni ta’mirlash ishlarining 92 foizi xususiy pudratchilar tomonidan amalga oshirildi. Bu 100 foizga yetkaziladi.

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida 86 ta tumanda quriladigan 841 kilometr yo‘llar to‘liq mahalliy pudratchilar tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zA