Poytaxtimizda O‘zbekiston polo federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda dastlab, mamlakatimiz Polo federatsiyasining 2024 yilgi faoliyati, polo sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar, mazkur sport turini yurtimizda yanada ommalashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida ma’lumot berildi.

Polo sport turini rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda ishtirok etish va ularda chavandozlarimizga qulay sharoitlar yaratish maqsadida “Koç Construction” kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatilgan.

Konferensiyada polo federatsiyasining rais o‘rinbosarlari saylandi. Unga ko‘ra, Chilonzor tumani hokimi Saidahror Xolxo‘jayev O‘zbekistan polo federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosarligiga saylandi.

“Koç Construction” kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi Omer Sarikoch, Toshkent shahar kengashi deputati Sevara Fayziyeva “Markaziy Ippodrom” AJ direktori Shuhrat Latipov federatsiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga nomzodlari qo‘yilda va ular bir ovozdan ma’qullandi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA