Toshkent dengizida joylashgan “WATER & ROWING” bazasida mexanik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘tkazilmoqda.
Kubok bahslarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Andijon viloyatlari va Toshkent shahridan kelgan jami 200 nafar eshkak eshuvchilar U15, U17, U19, U23 va undan katta yosh toifasida 2 va 6 km masofaga o‘tkazilgan bellashuvlarda o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
10 yildan buyon o‘tkazilib kelinayotgan mazkur yo‘nalishdagi mamlakat kubogida milliy terma jamoamiz a’zolari – Alisher Turdiyev, Mehrojbek Mamatqulov va ayollar o‘rtasida Anna Prakaten g‘olib bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA