Buyuk Britaniya Ukraina Qurolli kuchlarini qayta tayyorlash uchun o‘z askarlarini Ukrainaga yuborishi mumkin, deb yozmoqda “Times” nashri mamlakat mudofaa vaziri Jon Xili bayonotiga tayanib.

Ta’kidlanishicha, mulozim chorshanba kuni Kiyevda hamkasbi Rustem Umerov bilan uchrashgan.

“Britaniya qo‘shinlari ukrainalik askarlarni tayyorlash uchun yuborilishi mumkin, chunki qirollik ushbu ziddiyatda yangi yetakchi vazifasini bajarishga intilmoqda”, deyilgan axborotda.

Xili Umerovga besh banddan iborat reja taqdim etganini ma’lum qilgan. Hujjatda 2025 yil Buyuk Britaniya o‘qitayotgan ukrainalik harbiylar sonini ko‘paytirish, yanada ko‘proq yangi qurol yetkazish, qo‘shimcha moliyaviy yordam ko‘rsatish va Ukraina mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilangan.

Великобритания пообещала uсилить поддержкu Украины - Медиа-Полесье -  новости и реклама Пинска, Лuнинца, Sтолина

“Frans Press” agentligi Jon Xili bayonotiga tayanib yozishicha, Бuyuk Britaniya Kiyevga 286 million dollarlik harbiy yordam ajratishini e’lon qildi. Harbiy yuk to‘plami havo va dengiz uchuvchisiz uchoqlari hamda havo hujumidan mudofaa tizimidan iborat.

Kecha Bosh vaziri Key Starmer saylangan Prezident Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilib, Kiyevni mustahkam pozitsiya bilan ta’minlash zarurligini ta’kidlagan. Ushbu xabar Birlashgan Qirollik hukumati matbuot xizmati tomonidan tarqatildi.

Chorshanba kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron bilan uchrashib, Qurolli kuchlarni farang yurtida o‘qitishni davom ettirishga kelishib olgan. Muzokarada G‘arb harbiylari Ukrainaga borishi mumkinligi muhokama qilingan.

Makron и Zelenskiy подписали десятилетнее соглашение о взаимной безопасности

 

Bryusselga tashrifi chog‘ida Zelenskiy NATO rahbari Mark Ryutte bilan ham uchrashib, Kiyevga ko‘rsatilayotgan yordam uchun Bosh kotibga minnatdorlik bildirgan.
Mark Ryutte Yevropaning qator davlatlari yetakchilari bilan muzokara boshlashdan oldin Zelenskiy bilan birga OAVga qo‘shma bayonot berdi. Muloqotda ehtimoliy tinchlik muzokarasi orqali Kiyevda tinchlik o‘rnatish zarurligi ta’kidlangan. Tinchlikka erishilgandan keyin Ukrainaga iqtisodiy yordam ko‘rsatish masalasi ham ko‘tarilgan.

– Ukraina tinchlik muzokarasini boshlashga qaror qilganda mamlakatda ahvol yaxshi bo‘lishi kerak, – degan Ryutte. – Shuning uchun ham biz havo hujumidan mudofaa tizimi va boshqa qurol-yaroq yetkazish uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilishimiz kerak.

Новый генсек NATO Mark Ryutte: чем известен, как вozглавил альянс

O‘z navbatida Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berish kelishuvga xalaqit berayotgani, NATO davlatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ziddiyatga jalb qilinayotganini aytib, G‘arb “o‘t bilan o‘ynashyapti” deb hisoblashini ta’kidlab keladi. RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va NATO mojaroda bevosita ishtirok etmoqda, nafaqat qurol-yaroq yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya kabi mamlakatlar yordamida kadrlar tayyorlash bilan ham shug‘ullanyapti. Kreml ta’kidlashicha, Ukrainani G‘arb qurollari bilan to‘ldirish muzokara jarayoniga hissa qo‘shmaydi, muammoni hal qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ma’lumki, AQSHning saylangan Prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina urushiga imkon qadar tezroq barham berishga erisha olishini bir necha bor aytgan. Uning gapini ko‘pchilik umid, ishonch bilan qabul qilgan. Tabiiyki, bu va’daga shubha bilan qaraganlar ham oz emas. Ukraina bo‘yicha bo‘lajak maxsus vakil Keyt Kellog fikricha, Tramp yaqin kelajakda Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun barcha imkoniyatga ega.

Kellog: u Trampа есть вozможности завершить конфликт на Украине в 2024 годu  — РТ на рuсском

– Saylov kampaniyasi vaqtida bergan va’dasini Prezident Tramp albatta bajaradi va urush nihoyasiga yetadi, degan u “Fox News” telekanalida ushbu mavzuni sharhlarkan.

Xullas, dunyo hamjamiyati bir necha yildan buyon davom etayotgan qurolli ziddiyat barham topishidan umidvor.

S.Rahimov, O‘zA