Ayrim talabalarning o‘zlashtirishi 80 foizdan oshsa, davlat granti berilishi mumkin

259

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasida “Ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev tizimda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

Unga ko‘ra, endilikda kambag‘al oila reyestridagi talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 80 foizdan yuqori bo‘lsa, keyingi o‘quv yili uchun davlat granti va foizsiz kredit taqdim etilishi rejalashtirilgan. Bu kelgusida yoshlar yetuk mutaxassis bo‘lishiga zamin yaratadi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, 2024 yil 1 dekabrdan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambag‘al oilalar reyestri shakllantirilmoqda.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA