“Real” mavsumdagi beshinchi sovriniga ega chiqdi

187

Qatarda FIFA Qit’alararo kubogining final bahsida Ispaniyaning “Real Madrid” va Meksikaning “Pachuka” jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.

“Lusayl” stadionida “Real Madrid”  ustunligida o‘tgan o‘yinda Kilian Mbappe 37, Rodrigo 53 va Vinisius Junior 84-daqiqalarda gol urib, jamoasining yirik, 3:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa qirollik klubi FIFA Qit’alararo kubogini qo‘lga kiritdi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Karlo Anchelotti shogirdlari uchun bu sovrin 2024 yildagi beshinchisi bo‘ldi. Ular bundan oldin Ispaniya Superkubogi, La Liga, YeCHL va Yevropa Cuperkubogida g‘olib bo‘lgan edi.

Shuningdek, Karlo Anchelotti “Real Madrid” tarixidagi eng ko‘p sovrin yutgan murabbiyga aylandi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, italiyalik mutaxassis madridliklar bilan jami 15 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Bunga qadar eng yaxshi natija Migel Munosga tegishli edi. U “Real” bilan 14 ta sovrin yutgan.

Darvoqe, K.Anchelotti hisobida umumiy olganda jami 31 ta sovrin bor.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA