O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakatimizda alohida futzal federatsiyasini tuzish, 2025 yildan bu borada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar mundarijasi yuzasidan yakuniy qarorga keldi.

Dastlab professional va havaskorlar o‘rtasida futzalni hamjihatlikda rivojlantirish, shu asosida mamlakat terma jamoalarini shakllantirish, chempionat o‘yinlarida raqobatni kuchaytirish, klublar darajasini oshirish lozimligi belgilandi.

O‘FA Ijroiya qo‘mitasining yaqinda o‘tgan yig‘ilishida mamlakat futzali va sohil futboli uchun javobgar alohida tashkilot (federatsiya) tuzish masalasi kun tartibiga olib chiqildi.

Shu kunlarda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida tegishli tartibda futzal federatsiyasini tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilmoqda.

T.Ro‘ziyev, O‘zA