O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov  O‘mon elchisi Vafo Jabr Nosir Al-Busaidiy xonimni qabul qildi.

Suhbat davomida elchi xonimning yurtimizdagi faoliyati davomida ikki davlat munosabatlarini boyitish borasidagi sa’y-harakatlari yuqori baholanib, 2025 yil yanada samarali bo‘lishi kutilayotgani muhokama qilindi.

Mamlakatlarimizning keng imkoniyatlariga ishbilarmon doiralarning qiziqishi ortib borayotgani, ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi samarali hamkorlik va boshqa muhim masalalar  kun tartibining asosiy mavzularidan bo‘ldi.

M.Pirmatova, O‘zA