AQSHning “Garri Trumen” aviatashuvchi kemasi Yaqin Sharqqa yetib keldi

-“Garri Truman” aviatashuvchi kemasi boshchiligidagi AQSH zarbdor guruhi Yaqin Sharq mintaqasiga yetib keldi, -deb xabar bermoqda Qo‘shma Shtatlar Markaziy qo‘mondonligi (CYeNTCOM) ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida.

Ma’lumot uchun: sentyabr oyi oxirida AQSH harbiy-dengiz kuchlari “Garri Truman” aviatashuvchi guruhi Yaqin Sharqqa suzib ketganini e’lon qilgandi.

Misrda Yaqin Sharqdagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi ochildi

Yaqinda Misr hukumati janubiy Asvan viloyatida Yaqin Sharq va Afrika mintaqasidagi eng yirik quyosh elektr stansiyasini ishga tushirganini e’lon qildi.

— Stansiya Kom Ombo cho‘lida bunyod etildi, -deyiladi Misr Vazirlar Mahkamasi bayonotida.

BAAning “AMEA Power” kompaniyasi ishtirokida qurilgan quyosh elektr stansiyasining quvvati 500 megavattni tashkil etadi. Loyihaga qariyb 500 million dollarlik sarmoya kiritilgan.

– Misr hukumati 2030 yilga borib qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini 42 foizga oshirishni rejalashtirmoqda, -deyiladi xabarda.

Gruziyadagi restoranlardan birida 12 kishining jasadi topildi

– Gudauri shahrining tog‘-chang‘i kurortidagi hind restoranida 12 kishining jasadi topildi, deyiladi Gruziya Ichki ishlar vazirligi tarqatgan xabarda.

– Bir qarashda jasadlarda zo‘ravonlik alomatlari yo‘q. Tergovning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, xona yaqinidagi yopiq maydonda generator o‘rnatilgan bo‘lib, ehtimol, elektr ta’minoti uzilgandan keyin u ishga tushirilgan bo‘lishi mumkin, -deyiladi bayonotda.
Halok bo‘lganlar restoran xodimlari ekanligi taxmin qilinmoqda. Hodisaning aniq sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Kreml Suriyadagi Rossiya bazalari haqidagi savolga javob berdi

RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga Rossiyaning Suriyadagi harbiy bazalari bo‘yicha yakuniy qarorlar yo‘qligini aytdi.

– Hozir bu masala bo‘yicha yakuniy qarorlar yo‘q, biz mamlakatdagi vaziyatni nazorat qilayotgan kuchlar vakillari bilan aloqadamiz va bularning barchasi muloqot davomida hal bo‘ladi, — dedi Peskov.

Turkiyadan Suriyaga 1800 dan ortiq qochqin qaytdi

Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya 8 dekabrdan buyon Turkiyadan o‘z vataniga qaytgan suriyalik qochqinlar soni 1847 nafarga yetganini ma’lum qildi.

– Hozirda mamlakatimizda 3 millionga yaqin suriyalik bor, -degan u jurnalistlarga.

Iroil va XAMAS G‘azo bo‘yicha muzokaralarda muvaffaqiyatga erishdi

-Isroil va XAMAS harakati G‘azo sektoridagi inqirozni hal qilish bo‘yicha muzokaralarda muvaffaqiyatga erishdi, biroq kelishuvning dastlabki bosqichi doirasida ozod etilishi kerak bo‘lgan isroillik garovga olinganlar soni haligacha kelishilgani yo‘q, -deb yozdi  “Ynet” axborot portali.

Qayd etilishicha, Isroil kelishuv doirasida ko‘proq garovga olinganlarni ozod qilishni talab qilmoqda.

S.Rahimov, O‘zA