Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida mamlakatimizda talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularni sportga keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan “Universiada – 2024” sport musobaqalarining gandbol bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi M.Atamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri B.Qayipbergenov, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, akademik A.Reymov so‘zga chiqib, sportning yoshlar hayotidagi ahamiyati, ularni jismoniy va ma’naviy tarbiyalashdagi o‘rni, bunday sport musobaqalari talaba-yoshlarning o‘zaro do‘stona munosabatlarini mustahkamlash va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim jihatlariga to‘xtaldi. G‘olib jamoalarni qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan muborakbod etdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Toshkent viloyati, ikkinchi o‘rinni Surxondaryo viloyati, uchinchi o‘rinni esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari egalladi.

G‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari, diplom hamda medallar topshirildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA мухбири