Joriy yilda 5,5 trillion so‘mlik mikromoliya va faktoring xizmatlari ko‘rsatildi
298

Bu haqda prezident raisligida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qilingan ishlar sarhisobi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlandi.
Mustahkam huquqiy asos yaratilgani uchun joriy yilda 5,5 trillion so‘mlik mikromoliya va faktoring xizmatlari ko‘rsatildi.
Endilikda har bir davlat banki o‘zining mikromoliya va faktoring kompaniyasini ochib, unga xorijiy investorlarni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bunda banklar resurslarni qarzga emas, investitsiya sifatida olib kelmoqchi.
Kelgusi yilda mikromoliya va faktoring kompaniyalari orqali 10 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zA