Bu haqda prezident raisligida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qilingan ishlar sarhisobi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlandi.
Banklar ishtirokida 13 ta tumanda sanoatlashgan plantatsiya tashkil qilish boshlandi. Bu yerlarda “yetishtirish – qayta ishlash – sotish” zanjiri asosida yuqori qo‘shilgan qiymat yaratilmoqda.
Masalan, Jomboyda 15 gektarda malina yetishtiriladi. Tadbirkor 170 ta xonadonga ko‘chat tarqatib, yiliga 200 tonna mahsulot oladi.
Endi tadbirkor Milliy bank ko‘magida 200 tonnali muzlatkich o‘rnatib, yiliga 25 tonna tayyor murabbo ishlab chiqarmoqchi. Natijada aholi va tadbirkor daromadi 2 karra oshadi.
Ushbu tajriba asosida kelgusi yilda yana 50 ta tumanda shunday loyiha tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zA