Prezident raisligida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qilingan ishlar sarhisobi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Bank xizmatlarining mahalla darajasigacha tushirilgani yaxshi natija berayotgani qayd etildi. Ayniqsa, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvonda tadbirkorlik muhiti tubdan o‘zgardi, odamlar daromadi oshdi, ertangi kunga ishonch paydo bo‘ldi.

Xususan, Uychi tumanida banklar 3 ming 200 ta faol mijoz bilan ishlab, muammolarni hal  qilib bergani uchun 9 ming odam doimiy ishli bo‘ldi. Kambag‘allar soni 6 mingga kamaydi.

Sayxunoboddagi 3 ming 200 ta xonadonda loyihalar ishga tushirildi, 12 ming odam o‘z tomorqasida daromad topishni o‘rgandi. Zarbdorda 13,5 ming, G‘ijduvonda 28 ming ish o‘rni yaratildi. Buning hisobiga qo‘shimcha 10,5 ming aholi kambag‘allikdan chiqarildi.

Umuman, yil boshidan ushbu 4 ta tajriba doirasida 3 million 300 ming aholi doimiy daromadga ega bo‘ldi. Muhimi, xonadonlarning oylik daromadi 7,5 million so‘mdan 10,5 million so‘mga oshdi.

Bundan tashqari, Xo‘jayli, Asaka, Vobkent, Bulung‘ur, Yangiyer, Qo‘shtepa, Shovot kabi 57 ta tumanda hokimlar, banklar, hokim yordamchilari birgalikda ishlagani uchun ishsizlik 5 foizdan pasaydi.

O‘zA