Bu haqda Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida energetika sohasida yangi quvvatlarni ishga tushirish va navbatdagi loyihalar qurilishiga start berish marosimida ta’kidlandi.

Bundan keyin ham sohaga xususiy sektor kirib kelishini rag‘batlantirib, elektr energiyasi bozorini tashkil etish bo‘yicha katta qadamlarni qo‘yilishi ta’kidlandi.

Xususan, kelgusi yil yakuniga qadar raqobatli savdolar orqali elektr energiyasi ulgurji bozori yaratiladi.

Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik nafaqat yirik elektr stansiyalarida, balki sohaning boshqa yo‘nalishlariga ham keng joriy qilinadi.

“Yashil energetika” yo‘nalishida mintaqaviy va xalqaro hamkorlik kengaytiriladi.

Bu borada birinchi amaliy qadam sifatida COP29 doirasida Qozog‘iston, Ozarbayjon va Saudiyalik hamkorlar bilan “yashil energiya”ni Yevropa mintaqasiga eksport qilish bo‘yicha ilk bitim imzolandi.

Mintaqaviy energiya tizimi barqarorligini ta’minlash maqsadida qo‘shni davlatlar bilan yagona platforma ishga tushiriladi.

O‘zA