Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida energetika sohasida yangi quvvatlarni ishga tushirish va navbatdagi loyihalar qurilishiga start berish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi loyihalar bundan 8 yil avval energetika sohasida boshlangan keng ko‘lamli islohotlarning uzviy davomi ekani ta’kidlandi.
Ushbu davr mobaynida O‘zbekiston “yashil energetika”da katta-katta qadamlarni qo‘ydi. 

Xususiy sektorga keng yo‘l ochilgani natijasida o‘tgan 5 yilda energetika sohasiga qariyb 20 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.

Avval to‘liq davlat tasarrufida bo‘lgan bu tizimda 24 ta mustaqil energiya ishlab chiqaruvchi sub’ektlar paydo bo‘ldi.

“Yashil energetika” sohasida bugunga kelib 3,5 ming megavattli yoki 10 milliard kilovatt soatga teng 16 ta yirik quyosh va shamol elektr quvvatlari ishga tushirildi.

Buning hisobiga 2024 yilda “yashil energiya” ulushi 16 foizdan oshirildi. Ya’ni, o‘tgan qisqa davrda ekologik toza energiya quvvatlarini yiliga 2-3 karra ko‘paytirishga erishildi.

O‘zA