Bu haqda Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ta’kidlandi.

Yana bir tajriba – shu yili nogironligi bor bolalar uchun 73 ta kunduzgi parvarishlash va “G‘amxo‘rlik” guruhlari tashkil qilindi.

Bu sohaga xususiy sektorni olib kirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Ya’ni, tadbirkorlarga har bir bola uchun kuniga 100 ming so‘mdan subsidiya, xonalarni jihozlashga 30 million so‘mgacha arzon kredit ajratiladi.

Buni hisobiga Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida nogironligi bor 2 ming bolani kunduzgi parvarishlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bu tizim 1 oktyabrgacha qolgan viloyatlarda ham joriy qilinadi.

Mutasaddilar oldiga kelgusi yilda 15 ming nogironligi bor bolani ta’limga jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

O‘zA