Nukus shahridagi 54-sonli umumta’lim maktabida sportsevar o‘quvchilar o‘rtasida kurash bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Bolalar sportini rivojlantirish, shu orqali ular o‘rtasida salomatlik ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada 70 nafarga yaqin  o‘g‘il-qiz o‘z vazn toifalarida gilamga tushdi.

Qiziqarli  bahslar yakunida o‘smirlar o‘rtasida Mamanbek Joldasbayev (26 kg), Chingiz Eshboyev (29 kg), Yedige Qalbayev (32 kg), Oybek Maqsetboyev (35kg), Nursulton Orazaliyev (38 kg), Bekzod Jiyemuratov (42 kg), Nurgeldi Nokisboyev (+42kg), Asadbek Mirzaboyev (50 kg), Abdirahim  Seytjanov (55kg) va Nursulton Smaylov (+55 kg) g‘olib bo‘ldi. Kuchrashchi qizlar o‘rtasida Aydona Joldasbayeva (27 kg) va Arujan Joldasbayeva (+27 kg) 1-o‘rinni egalladi.

Musobaqa g‘olib  va sovrindorlari  tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.

Maqsad HABIBULLAEV (surat, video), O‘zA