Ispaniyada o‘tgan Xalqaro motosport federatsiyasi(FIM)ning Bosh assambleyasida O‘zbekiston milliy avtosport va karting federatsiyasi FIM a’zosi bo‘lgani e’lon qilindi. Assambleyada ishtirok etgan 95 ta milliy federatsiya delegatlarining 98 foizi O‘zbekiston milliy avtosport va karting federatsiyasining FIM a’zoligiga qabul qilish to‘g‘risidagi taklifni qo‘llab quvvatladi.
FIM bosh kotib Aleks Toy motosport turlari bo‘yicha mamlakatimizda o‘tkazib kelinayotgan musobaqalar e’tiborli ekanligini ta’kidlab, kelajakda xalqaro miqyosdagi musobaqalarni O‘zbekistonda tashkil etish imkoni kengayganini e’tirof etdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA