FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari hamda fuqarolarning zaharli gazdan zararlanishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar” hamda “Korrupsiyaviy holatlarning oldini olish” mavzusida matbuot anjumani va “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, soha mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Mavsumga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari, fuqarolarni yong‘in va favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida ma’lumot berildi. Shuningdek, tizimda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish masalasiga e’tibor qaratildi.
Jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob qaytarildi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA