Joriy yilning 23 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani “Ullubog‘” ovul fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tadigan yo‘lda yuz bergan avtohalokat natijasida jabrlanuvchi A.R.ning boshqaruvidagi “CHERRY” rusumli avtomashinaga 90 million 529 ming 650 so‘m moddiy zarar yetkazilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha To‘rtko‘l tuman sudining joriy yil 2 apreldagi qaroriga asosan avtohalokat natijasida yetkazilgan ushbu zararni jabrlanuvchi A.R.ning foydasiga qoidabuzar S.N.dan undirish belgilangan. Sud qaroriga asosan chiqarilgan ijro varaqa Majburiy ijro byurosi To‘rtko‘l tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishgan.
Xususan, qarzdorning chetga chiqish huquqiga cheklov va uning nomidagi “COBALT” rusumli avtomashinaga taqiq o‘rnatildi. Shuningdek, qarzdorga sud qarori ijrosi ta’minlanishi shartligi, uni ijro etmaslik oqibati tushuntirildi. Natijada avtohalokat natijasida yetkazilgan zarar Byuro organi yordamida jabrlanuvchiga undirib berildi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri