FOTOREPORTAJ
Qatar janubidagi Al-Xor Adaid plyaji noodatiy, ammo jozibali maskanlardan biri. U Doha shahridan taxminan 80 km uzoqlikda joylashgan va u yerga yo‘ltanlamas mashinada borgan ma’qul. Eng zo‘r adrenalinni aynan shu mashinada qumliklar ustida yurganingizda his etasiz. Xavfli attraksionlardan qolishmaydi.
Aynan shu manzil Yer yuzidagi sahro va dengiz uchrashadigan kam sonli joylardan biri. Dengiz va cho‘lni bir nuqtada dunyoning yana ikki joyida – Sahroi Kabir (Janubiy Afrika) va Saxara cho‘lida (Marokash) ko‘rish mumkin.
Al-Xor Adaiddagi Ichki dengiz Qatar va Saudiya Arabistonini ajratib turuvchi chegara hisoblanadi. YUNESKO tomonidan tan olingan ushbu hudud baliq ovlash, lager yoki quyoshning suvga qarab botib borishini tomosha qilish uchun juda mos keladi.
Bu mo‘’jizakor sahroga safar insonga takrorlanmas tuyg‘ular ulashishi bilan ham ahamiyatli.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA