Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonun bilan O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga, o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga, qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqei bilan bog‘liq holda foydalanishga doir taqiqlar belgilanmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy o‘tgach kuchga kiradi.

O‘zA