O‘zbekiston yoshlari uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda – Turkiya bilan hamkorlik kengaymoqda.
Turkiya Respublikasi Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar Bosh boshqarmasi rahbari Abdulloh Eren va Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston – Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan masalalar muhokama qilingan uchrashuvda asosiy e’tibor yoshlarga qaratildi. So‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining rivojlanib borayotgani va ayniqsa yoshlar siyosati sohasida alohida muvaffaqiyatlarga erishilayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali turk tilini mukammal o‘rgangan yoshlar Turkiya Respublikasiga tajriba almashish uchun yuborilishi rejalashtirildi. 2025-2026 o‘quv yili uchun o‘zbekistonlik yoshlarga maxsus grant dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim takliflar ham bildirildi.
B.XUDOYBERDIEV,
O‘zA